«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Tolibon»ga dosh berolmagan 17 nafar Afg‘oniston askari Tojikistonga qochib o‘tdi

Afg‘oniston armiyasining 17 nafar askari toliblar hujumiga dosh berolmay, yakshanba kuni Tojikiston bilan chegarani kesib o‘tdi, deb xabar qildi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi.

Maxfiy xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab «Tolibon» Afg‘onistonning Balx viloyati Kaldor tumani Chukchuk shahrida joylashgan chegara punktiga hujum qildi. Jang tushgacha davom etdi.

“Afg‘oniston Islom respublikasi hukumat kuchlarining 17 nafar askari Shahritus chegara otryadining 1-posti orqali o‘z hayotlari va shaxsiy tarkibini saqlab qolish uchun Tojikiston Respublikasi hududiga chekinishga majbur bo‘ldilar. Tojikiston chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini inobatga olgan holda, davlat chegarasini buzgan afg‘on harbiylariga o‘z hududlariga erkin kirishga ruxsat berishdi», – deyiladi Tojikiston chegara qo‘shinlari bayonotida.

Tojikiston chegarachilarining so‘zlariga ko‘ra, «ushbu chegara hududida vaziyat keskinligicha qolmoqda, toliblar va Afg‘oniston Islom respublikasi hukumat kuchlari o‘rtasida jang davom etmoqda».

Manba: sof.uz

Leave a comment