«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Samarqanddagi maktabda direktor tekshiruvchilar uchun pul yig`ib olishdi deb aytilgan xabarga izoh berildi

Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani 6-umumiy o`rta ta`lim maktabida direktor tekshiruvchilar uchun pul yig`ib olishdi deb aytilgani haqidagi xabar tarqalgandi. Viloyat prokuraturasi axborot xizmati mazkur holatga izoh berdi.

Ma`lum bo`lishicha, holat bo`yicha tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, maktab direktori tomonidan tekshiruvchilar uchun 150 ming so`mdan pul talab qilingani aks etgan audioyozuv bo`lsa-da o`qituvchilar direktorga pul  bermagani haqida ko`rsatma bergani mutaxassislarning dalolatnomasi hamda viloyat Xalq ta`limi boshqarmasining xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra tasdig`ini topmagan.

Ta`kidlanishicha, maktab direktori tomonidan dars vaqtida o`qituvchilarga yig`ilishlar tashkil qilingani va qo`pol muomalada bo`lgani uchun unga hayfsan intizomiy jazosi berilgan. Tekshiruv natijasiga ko`ra, prokuratura tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan direktor va ikki nafar o`rinbosari mehnat qonunchiligini buzgani uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan, pul yig`ish masalasini muhokama qilgani uchun yana bir nafar o`rinbosar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment