«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi baxtli tasodif tufayli tirik qoldi (video)

Joriy yilning 27-iyun kuni soat 04:25larda, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Mustaqillik va Al-Farg‘oniy ko‘chalari kesishmasida, haydovchi 1980-yil tug‘ilgan A.Y. «Damas» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida svetoforga borib urilgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Videoda ag‘darilib ketgan avtomobildan haydovchi otilib chiqib ketganini, jarohat olsa-da, joni omon qolganini ko‘rish mumkin.

 

Manba: xabar.uz

Leave a comment