«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Emlangan aholi orasida ham tarqalmoqda». JSST koronavirusning eng yuqumli turini aniqladi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus koronavirusning eng yuqumli mutasiyasini aniqladi. Bu haqda u Jenevadagi brifingda gapirdi, deb yozdi RIA Novosti.

Uning so`zlariga ko`ra, eng yuqumli kasallik — bu 85 mamlakatda topilgan va emlanmagan aholi orasida tez tarqalayotgan «delta» shtammidir. JSST rahbari ta`kidlashicha, hozirgi kunda dunyoda koronavirus infeksiyasi ko`paymoqda, bu esa o`limni ko`payishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq, 25 iyun kuni Rossiyada koronavirusning delta-plus shtammini yuqtirish bo`yicha birinchi holat aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Smorodinsev nomidagi Sankt-Peterburg gripp ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Dariya Danilenkoning so`zlariga ko`ra, bu ish noyob va hali ehtimol.  Uning ta`kidlashicha, ushbu shtammning xavfli darajasi to`g`risida gapirishga hali erta.

Manba: darakchi.uz

Leave a comment