«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Buxoroda 10 dan ortiq erkakka qasddan tanosil kasalligini yuqtirgan ayol aniqlandi

Buxoroda 10 dan ortiq erkakka tanosil kasalligini qasddan yuqtirgan ayol aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Qorakoʻl tumanida istiqomat qiluvchi 1995-yilda tugʻilgan 26 yoshli ayol, 2021-yilning 20-may kunidan eʼtiboran tanosil kasalligini yuqtirib olgan shaxs sifatida, Buxoro viloyati Teri-tanosil kasalliklar dispanseri tomonidan roʻyxatga olinib, tanosil kasalligini boshqa shaxslarga yuqtirmaslik, bunday hatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantirilib tilxat olingan boʻlishiga qaramasdan joriy yilning 25-may kunidan 06-iyun kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, Jondor tumanida yashovchi 25-30 yoshlar atrofidagi 10 dan ortiq shaxslar bilan turli joylarda oʻzini tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan holda himoya vositalarisiz jinsiy aloqada boʻlib, ushbu fuqarolarga tanosil kasalligini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: xalq so’zi.uz

Leave a comment