«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Afg‘onistondagi vaziyat O‘zbekiston va Tojikistonni xavotirga solmoqda

Bugun prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov juranlistlar uchun brifing o‘tkazgani haqida xabar bergandik. Unda o‘tgan haftada sodir bo‘lgan muhim voqealarga ham to‘xtalib o‘tildi.

«23-iyun kuni davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi. Joriy yilning 10-11-iyun kunlari Tojikistonga tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlar yuqori baholanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xabaringiz bor, oxirgi paytlarda Afg‘oniston shimolida vaziyat o‘zgarmoqda. Bu unga qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston va Tojikistonni ham xavotirga soladi, albatta. Shu bois Prezidentlar bu masala bo‘yicha ham fikr almashdilar. Mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida yaqin muloqot va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar», — dedi Sherzod Asadov.

Manba: xabar.uz

Leave a comment