«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda hozirga qadar xavf guruhiga kiruvchi aholining qanchasi emlangani to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi haqida ma’lumot beruvchi “Vaksinauz” kanali mamlakatda bugungi kunda xavf guruhiga kiruvchi aholining vaksinatsiya bilan qamrab olinganlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 65 yosh va undan kattalarning 37 foizi koronavirusga qarshi emlangan. Shuningdek:

  • tibbiyot xodimlarining — 96 foizi;
  • umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining — 61,5 foizi;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining — 67 foizi;
  • surunkali kasalliklari bor kishilarning — 40 foizi;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining — 60 foizi vaksinatsiyadan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlandi. Emlash ixtiyoriy va bepul, vaksina olishdan bosh tortganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. 22-iyundan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaygan — endi 50 yosh va undan kattalar bepul vaksina olishi mumkin.

Manba: daryo.uz

Leave a comment