«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jizzax viloyatida bir kilogramm sabzi 15 ming so‘mgacha qimmatlashdi

Bugun bozorlardagi narx-navo qimmatligi, xususan, sabzi narxlarining oshib ketishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoning oshib ketishi borasida monitoring ishlarini olib bordi. Xususan, birgina sabzi narxlari yuzasidan joylarda kuzatuv ishlari olib borilganda quyidagi natijalar kelib chiqqan:

— Toshkent shahri: 7,5 ming-14 ming so‘mdan;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 7 ming-10 ming so‘mdan;

— Qashqadaryo viloyati: 7 ming-12 ming so‘mdan;

— Surxondaryo viloyati: 5 ming-8 ming so‘mdan;

— Farg‘ona viloyati: 8 ming-10 ming so‘mdan;

— Namangan viloyati: 9 ming-12 ming so‘mdan;

— Andijon viloyati 10 ming-11 ming so‘mdan;

— Xorazm viloyati 7 ming-10 ming so‘mdan;

— Navoiy viloyati: 7 ming-9 ming so‘mdan;

— Buxoro viloyati: 8 ming-10 ming so‘mdan;

— Jizzax viloyati: 8 ming-15 ming so‘mda;

— Samarqand viloyati: 9ming-12 ming so‘mdan.

Avvaloq, statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navolar xususidagi ma’lumotni e’lon qilgan, unda sabzi 11 ming so‘mgacha qimmatlagani aytilgandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment