«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Paxtakor»chilarning maoshlari e’lon qilindi

«Paxtakor» futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumot klub matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

Unga ko‘ra, futbolchilarining yillik maoshi 153 mln so‘mni (oyiga salkam 13 mln so‘m) tashkil qilmoqda.

Shuningdek, aksariyat futbolchilarga alohida mukofot ham berilgan. Masalan, Yegor Krimets 1 yilda 4 mlrd so‘m (oyiga 333 mln so‘mdan) mukofot olgan.

Legionerlardan Dragan Cheran yiliga 325 ming dollar, Eren Derdiyok esa 1 mln 300 ming yevro oylik olgan.

Klub bosh direktori D.Adismanning yillik daromadi 588 mln so‘mni (oyiga 49 mln so‘m) tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, ko‘rsatilgan to‘lovlarning aksariyat qismi homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment