2021-yil 15-iyun kuni Pop tumanidagi “Anhor” MFYda yashagan, 2009-yilda tug‘ilgan, 37-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz mahalla hududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanaliga tengdoshlari bilan birga cho‘milish maqsadida borib, suvga tushgan va qaytib chiqmagandi.

Bu haqda kelib tushgan tezkor xabardan so‘ng FVB xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. G‘avvoslar tomonidan kanal yo‘li 4,5 metrlik setka bilan to‘silib, suv osti qidiruv ishlari olib borilgan.

Bugun, 18-iyun kuni soat 08:45 atrofida  qizning jasadi u cho‘milib cho‘kkan joydan 155 metr naridan topildi.

Foto: Namangan viloyat FVB axborot xizmati

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.