«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qashqadaryoda IIV xodimlari qizni fohishaga chiqarib, yigitning puli va telefonini olib qo‘ydi

2021 yil 8 aprel kuni Koson tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi hududida fuqaro G‘.A unashtirilgan qizi O.H bilan “Kobalt” rusumli avtomashinada o‘zaro suhbatlashib o‘tirganda, katta leytenant I.Fayzullayev hamkasbi katta leytenant F.Astanov bilan birga G‘.Ani avtomashinasini asossiz va hech qanday hujjatlarsiz jarima maydoniga kiritib, O.Hni yengil tabiatli ayol sifatida ro‘yxatga olishni bildirib, dastlab tuman tibbiyot birlashmasidan tan jarohati bor yoki yo‘qligi haqida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, so‘ngra tuman IIBga olib borishgan.
Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan I.Fayzullayev va F.Astanovlar sodir qilgan mazkur salbiy holat aniqlanib, ulardan fuqarolar G‘.A.va uning unashtirilgan qizi O.Hni nima sabab tuman IIBga olib kelib, ushlab utirganligi so‘ralganda, ular tomonidan hech qanday asoslantiruvchi xujjatlar taqdim etilmagan.
Holat yuzasidan ma’sul xodimlar tomonidan katta leytenant I.Fayzullayev va katta leytenant F.Astanovlardan tushuntirish xati olib bo‘lingandan so‘ng, ular tomonidan holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirishga harakat qilinib, bildirgi yozishib ro‘yxatdan o‘tkazishga erishishgan.
Ma’sul xodimlar tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida I.Fayzullayev va F.Astanovlar fuqarolar G‘.A. va O.Hlarning mazkur mahallada yashashligi, ularning shaxsi va yashash manzili aniq bo‘lishiga qaramasdan, 4 soat davomida ushlab o‘tirgan bo‘lsada, ularga nisbatan hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan, fuqaro G‘.Adan 4.900.000 so‘m miqdorda pul olib kelishini talab qilib, uning yonida bo‘lgan “Samsung” rusumli qo‘l telefoni va 200.000 so‘m pullarini olib, avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarishga ruxsat berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, katta leytenant I.Fayzullayev va katta leytenant F.Astanovlar IIO safidan bo‘shatilgan va ularning harakatiga qonuniy baho berish uchun to‘plangan xujjatlar Koson tuman prokraturasiga yuborilgan.

Manba: aniq.uz

Leave a comment