«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Barcha hududlarda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi, ikki qurbon bor

2021-yil 3-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101198 (+201) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
12 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
17 nafari Samarqand viloyatida,
6 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
4 nafari Farg‘ona viloyatida,
12 nafari Xorazm viloyatida,
32 nafari Toshkent viloyatida,
87 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 695 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3426 nafar bemor davolanmoqda.

Manba: xabar.uz

Leave a comment