«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qoraqalpog‘istonda ikki o‘smir kanalga cho‘kib, halok bo‘ldi

2-iyun kuni Mo‘ynoqda ikki o‘smir Qipchoqdaryo kanalida cho‘milayotib cho‘kib ketdi. Bu haqda Makan.uz nashri xabar qildi.

Afsuski, ularning har ikkalasi vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir qancha vaqt avval cho‘milishda xavfsizlikka rioya qilish borasida ogohlantirishlar bilan chiqqandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment