«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Erta tug‘ruq holatlari asosan Samarqand va Qashqadaryoga to‘g‘ri kelmoqda

Erta tug‘ruqlarning 43,1 foizi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Hamid Abduramanov ma’lum qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ko‘ra, 2020 yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan. Tahlillar o‘tgan yilga nisbatan erta nikohlar sonining 97,0 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Buning asosiy sabablaridan biri 2019-yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtirilgani, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish bo‘limlari tomonidan faqat tuman, shahar xokimi tomonidan nikoh yoshini 1 yilga kamaytirishga ruxsat berilgan nikohlar qayd etilishi bilan izohlanadi. Lekin amaliyot aksariyat holatlarda erta nikoh yashirin tusga egaligini unutmasligimiz darkor.

Tahlillar erta nikoh holatlari asosan Urgut, Samarqand, Pastdarg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Denov, Shahrixon tumanlari, Namangan, Samarqand va Andijon shaharlarida ko‘p qayd etilganini ko‘rsatdi.

2020 yilda 1044 ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan bo‘lib, 2019 yilga nisbatan 12,7 foizga kamaygan. Ammo hududlar kesimida tahlil qilinganda, erta tug‘ruqlarning qariyb yarmi, ya’ni 43,1 foizi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari ulushiga to‘g‘ri keladi, dedi Hamid Abduramanov.

Manba: xabar.uz

Leave a comment