«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar qizlardan qariyb 370 mingga ko‘p — Statqo‘m

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 10 million 175 ming 819 nafarni tashkil etgan.

— O‘g‘il bolalar – 5 272539 nafar
— Qiz bolalar – 4 903280 nafar

O‘rtadagi tafovut 369 259 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan qishloqda yashovchi bolalar – 5 467085 nafar, shaharda yashovchi bolalar – 4 708734 nafarni tashkil etadi.

2021-yilning aprel oyiga ko‘ra esa, respublikaning doimiy aholisi soni 34,7 mln. kishini tashkil etmoqda.

Doimiy aholining o‘sish sur’ati 101,9 % ga teng.

Mamlakatimiz aholisi yil boshidan har oyda o‘rtacha 45,9 ming kishiga ko‘paygan.

Manba: xabar.uz

Leave a comment