«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100 000 ga yaqinlashmoqda

2021 yil 27 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99580 (+236) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
– 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
– 5 nafari Andijon viloyatida,
– 2 nafari Buxoro viloyatida,
– 4 nafari Jizzax viloyatida,
– 2 nafari Navoiy viloyatida,
– 5 nafari Namangan viloyatida,
– 25 nafari Samarqand viloyatida,
– 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
– 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 6 nafari Xorazm viloyatida,
– 48 nafari Toshkent viloyatida,
– 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
– Andijon viloyatida 24 nafar,
– Buxoro viloyatida 4 nafar,
– Navoiy viloyatida 2 nafar,
– Namangan viloyatida 5 nafar,
– Samarqand viloyatida 49 nafar,
– Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
– Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
– Xorazm viloyatida 9 nafar,
– Toshkent viloyatida 46 nafar,
– Toshkent shahrida 153 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95250 (+298) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 687 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3643 nafar bemor davolanmoqda.

Manba: aniq.uz

Leave a comment