«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jizzaxda harakatlanayotgan Lacetti lyukiga chiqib olgan qiz jarimaga tortildi (video)

Harakatlanayotgan avtomobil lyukiga o‘tirib olib, qoidabuzarlik sodir etgan qiz Jizzax viloyati IIB tomonidan jarimaga tortildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

23-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan Lacetti mashinasi ichida bo‘lgan yo‘lovchi qiz avtomobil lyukiga o‘tirib olgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida qoidabuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Yo‘lovchi qizga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, BHMning 1 baravari (245 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

“Uzr so‘rayman. Avtomobil egasi rulda emasdi, Vali ismli tanishim bilan edik. Avtomobil egasi, rafiqasi, oila a’zolaridan uzr so‘rayman. Qo‘llaridan kelsa, kechirishsin. Meni deb bitta oila buzilib ketishini istamayman”, — deydi qiz.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning fevralida Toshkentda avtomashinaning lyuk qismidan ikki qizni yarim-yalong‘och chiqarib olib, harakatlangan Lacetti haydovchisi jarimaga tortilgandi.

Manba: daryo.uz

Leave a comment