«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Effect.uz» muxbirlari ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi

Bugun Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchilar H. Ahmedov (1987-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, «Effect.uz» veb-sayti muxbiri), A. Nurimbetov (1982-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, «Effect.uz» veb-sayti muxbiri) va E. Tadjibayev (1990-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, «Effect.uz» veb-sayti muxbiri) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi N. Abdullayev raisligida ko‘rilmoqda.

Sudlanuvchilar H. Ahmedov Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 236-moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish), A. Nurimbetov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 140-moddasi (haqorat qilish), 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 236-moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) va E. Tadjibayev Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 140-moddasi (haqorat qilish), 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 236-moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 31-may kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida «Effect.uz» sayti xodimlarining jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudidagi xatti-harakatlariga huquqiy baho berishni so‘rab, Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokurorga taqdimnoma kiritilgandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment