«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Surxondaryoda chorva mollarini bo‘g‘izlab ketgan hayvonning bolalari topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida odamlar qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvonni urib o‘ldirdi» sarlavha ostidagi videomurojaat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan IIB bilan 24-25 may kunlari joyiga chiqib o‘rganilgan.

Aholi bilan suhbat jarayonida noma’lum hayvon tomonidan 10 dan ortiq chorva mollari bo‘g‘izlab ketilganligi va mahalla fuqarolari yig‘ilib, tunda hayvonni ta’qib qilib, tayoqlar yordamida urib o‘ldirganliklarini ma’lum qilishgan.

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

«Oriyat» mahallasi hududidagi «Shomurodov Akbar» fermer xo‘jaligiga qarashli dalaning chetida ikki bosh noma’lum hayvonning bolalari topib olingan.

Hozirda ushbu hayvon bolasi qarovsiz qolib ketganligi va ushbu hayvonni saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Manba: xabar.uz

Leave a comment