«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

E’lonlar va axborot-reklama matnlari davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqmi?

So‘nggi yillarda davlat tilini rivojlantirish jarayoni yangi bosqichga chiqdi. Kuni kecha «O‘zstandart» agentligi mas’ul xodimlari ham mazkur mavzu bo‘yicha O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Bekobod va Olmaliq filiallarida o‘rganishlar olib borishdi.

Bekobod filialida davlat tilida ish yuritish, lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va kutubxonalar ishlarini yuritilishi bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilganligi, kutubxona tashkil etilganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, ma’naviyat xonasini to‘liq jihozlash, mavzuga doir ishlarni yanada samaraliroq amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha mas’ullar tomonidan tavsiyalar berildi.

Bekobod tumani filialida «ustoz-shogird» tizimini amalga tatbiq qilish maqsadida tumanda joylashgan Bekobod kasb-hunar kolleji bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Olmaliq filialida mazkur yo‘nalishda olib borilgan ishlar o‘rganilganda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, kutubxona faoliyatini yanada yaxshilash kerakligi ko‘zga tashlandi.

Har ikkala filialda barcha tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, reklama va boshqa ko‘rgazmali axborot-reklama matnlari davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ekanligi aniqlandi. Laboratoriya asbob-uskunalaridagi boshqa tilda yozilgan annotatsiyalar joyida o‘zbek tiliga o‘zgartirildi.

Azamat To‘rayev,  

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti matbuot xizmati rahbari

Leave a comment