«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 may kuni hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalari qamrovini kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Vazirning boshqa o‘rinbosarlari hamda vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari boshliqlari o‘z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi. Ularning o‘z lavozimiga loyiqligi keyingi faoliyati natijadorligi tahlili asosida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Manba: aniq.uz

Leave a comment