«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Ashir ota» fermer xo’jaligi birinchilardan

Shu kunlarda jonajon mamlakatimizning barcha hududlarida xalqimizning bebaho boyliklaridan biri bo’lgan pilla hosilini terib olish mavsumi avji pallaga kirgan.

Qamashi tumanidagi «Ashir ota» fermer xo’jaligi rahbari Nurmat Ashurovning mehnatsevar jamoasi ham ushbu mavsumda g’ayrat qilib ishlashdi. 8 quti ipak qurti parvarishlandi. 480 kg reja belgilangan endi ushbu marra 500 kg.ga ortig’i bilan uddalandi. Ipak qurti parvarishi uchun mas’ul bo’lgan zveno a’zolari — Mohira Shukurova, Muqaddas va Muhabbat Ashirovalar, Nigora Boyqobilova, Bog’da Eshmurodova,Zilola Jomurodova, Zarina Mardonova, Madina Lapasova, Ashir G’aniyev, Nurali Norbo’tayevlar sitqidildan samarali mehnat qilishdi.

Bugun fermer xo’jaligi rahbari-yu ishchilarning barchalari marraga birinchilardan bo’lib chiqishganlaridan mamnunlar.

Soxibjamol AMINOVA

Leave a comment