«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Sherzod Shermatov maktablarda diniy bilim berilmasligi haqida gapirdi

Toshkent besh tashabbus harakatining ikkinchi kuni doirasida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda vazir O‘zbekistondagi maktablarda diniy ta’lim berilmasligiga izoh berdi.

«Maktablarda «Dunyo dinlari tarixi» o‘tiladi. Bizlarda «Ta’lim to‘g‘risida» qonun bor. Bundan tashqari ta’lim bilan din ishlari alohida ekanini ham bilasizlar.

Bu qonunni men qabul qilmaganman. Bu O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Bizlar ijro hokimiyatimiz. Ijro hokimiyati nima qiladi? Qonun doirasida ishlaydi. Shuning uchun direktor bilan ham borib urishishni foydasi yo‘q. Direktor ham qonunchilik doirasida ishlaydi. Uni «kraynik» qilish shartmas. Bizlar dunyoviy davlatmiz. Qonun normalari asosida ishlaymiz», dedi vazir.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar Shermatovning javobidan qoniqishmaganini, qonunchilikda bunga cheklov yo‘qligini ma’lum qilishdi.

«Qonunda bor, qarorda bor. Yana ikkinchi tomoni ham bor. Biz dunyoviy davlatmiz», deya takrorladi vazir.

Manba: aniq.uz

Leave a comment