«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi ish rejasi qanday bo‘ladi?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida Milliy matbuot markazida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda boshlangan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Jumladan, olis va chekka hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot, «O‘zagrohimoya» AJ tizimini isloh qilishga doir yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda.

Hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, hafta oxirida barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz 30 may kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tadigan 2030 yilga qadar «yashil» taraqqiyot va global maqsadlar uchun sheriklik Ikkinchi xalqaro sammitida nutq so‘zlaydi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment