«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«GAI» va haydovchi o‘rtasidagi ayovsiz tortishuv videosiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda YPX inspektori va fuqaro o‘rtasida tortishuv aks etgan videolavha tarqaldi.

YHXB ma’lumotiga ko‘ra, holat joriy yilning 4-may kuni sodir bo‘lgan.

YPX inspektori O.Ortiqov M-39 avtomobil yo‘lining «Omonqo‘ton» YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqt, «Lada Vesta» rusumli transport vositasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzganligi uchun to‘xtatilib, haydovchidan hujjatlarini taqdim qilishi so‘ralganida, haydovchi YPX inspektoriga hujjatlarni taqdim qilmagan.

Xodim va haydovchi o‘rtasidagi to‘liq muloqot inspektorning «Body camera»sida qayd etilgan.

YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi muloqot yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, deya yakunlanadi xabar.

Manba: xabar.uz

Leave a comment