«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Mendan ketguncha, egasiga yetkuncha”

Yurtimiz chiroyi bugun kundan kunga chiroy ochib bormoqda. Hashamatli binolar-u, zamonaviy uylar yurtdoshlarimizga yaratilayotgan sharoitlar bunga misol bo‘la oladi.

Biroq tanganing ikkinchi tomoni bo‘lgani kabi “Ba’zi pudratchilar tomonidan qurilayotgan uylar go‘yo “mendan ketguncha, egasiga yetguncha…” qabilida qurilayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham uylar pishiq-puxta, aniq loyiha asosida qurilishi shart. Axir uydan insonlar uzoq yillar davomida foydalanishadi, unda xavfsiz va xotirjam yashashlari zarur.

Xususan, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida, joylarda qurilib foydalanishga topshirilgan va qurilishi davom etayotgan bino va inshootlar kuzatuv-o‘rganish ishlari olib borildi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida monitoring ishlari olib borilganda O‘rda Bog‘ mahallasida “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ tomonidan ko‘p qavatli turar joylari 2019-2020 yillarda foydalanishga topshirilgan.

Mazkur bino qurilishi “Shox va Nur qurilish” MCHJ tomonidan olib borilgan bo‘lib, xonadonlar topshirilganiga bir yil bo‘lmasdan, ichki va tashqi qismlarida, bino fasad devorlari nurab pardoz ishlari ayrim qismlari yaroqsiz xolatga kelib qolganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, bino tashqi fasadi uchun ishlatilgan kafellar ikki xil rangda bo‘lib, ko‘pchiligi singan. Bino eshiklari esa talab darajasida o‘rnatilmagan. Ayrim xonadonning ichki qismlaida vanna, unitaz, umivalnik, gaz plita jixozlari umuman o‘rnatilmaganligi, xamda ba’zi fuqaro tomonidan 2020-yil dekabr oyidan buyon kredit to‘lovlarini amalga oshirib kelayotganligi va xaligacha ajratilgan uyga kirib yashashga sharoit yo‘qligi aniqlandi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati

Manba: aniq.uz

Leave a comment