«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Chiroqchi tumani 144 — umumiy o’rta ta’lim maktabi: Fidoyi rahbar,obod maktab

Chiroqchi tumani XTBga qarashli 144 — umumiy o’rta ta’lim maktabi. Tumanning «Qanotli» MFY hududidagi Oqquduq qishlog’i yoshlarining ta’lim olib kelayotgan sevimli maskani.

Nurbek Nafasov rahbarlik qilib kelayotgan maktabda 400 nafarga yaqin o’quvchilar o’qiydi.

Maktabda besh tashabbus doirasida turli xildagi to’garaklar yo’lga qo’yilgan. Jumladan informatika fanidan o’tiladigan «yosh dasturchilar» to’garagiga o’nlab o’g’il qizlar ishtirok etadi.

 

Bu o’rinda maktabni mo’jazgina kutubxonasi haqida ham aytib o’tish joiz. Yuzdan ziyod badiiy, ilmiy, uslubiy qo’llanmalar bor bo’lgan bu ilm maskanidan o’quvchi yoshlar bo’sht vaqtlarida kirib mutolaa bilan shug’ullanishadi.

Maktab hududida obodonlashtirish ishlari ham juda yaxshi, turli xildagi gullar va daraxtlar ekilgan.

1991 — yilda qurib foydalanishga topshirilgan maktab ko’plab yoshlarni kamol toptirdi. Yurtimiz ravnaqi uchun kerakli kadrlar qilib tarbiyaladi.

Maktab direktori Nurbek Nafasov faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.

Leave a comment