«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Yosh gvardiyachi»lar Sirdaryoda bellashdi

Mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasining yakuniy bosqisi Sirdaryo viloyati dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilib, unda mamlakatimizning barcha hududlaridan musobaqaning tuman-shahar va viloyatlar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari «Yosh gvardiyachi» jamoalari ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyati dala o‘quv maydonida Milliy gvardiya bo‘linmalariga biriktirilgan maktablardagi harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari 3 kun davomida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Navoiy viloyatining «Amir Temur izdoshlari» jamoasi qo‘lga kiritib, musobaqaning mutlaq g‘olibi, deya e’tirof etildi.

2- va 3-o‘rinlarni Namangan viloyatining «Hirovul» hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Temuriy avlodlari» jamoalari egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning ko‘chma kubogi, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Qayumov, O‘zA

Leave a comment