«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

JONKUYAR SHIFOKORLAR

Butun dunyoni, shu bilan birga yurtimizni ham sarosimaga solgan COVID 19 kasalligi hamon davom etmoqda. Kasallik tobora avj olmasligi uchun yurtimizda karantin chora-tadbirlari yana kuchaytirildi. Bemorlar holidan xabar olish va shifoxona sharoitlarini o’rganish maqsadida ijodiy jamoamiz bilan birgalikda Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yo’l oldik. Shifoxonada barcha xavfsizlik choralari ko’rilgan, jihozlar yetarli, bemorlar esa doimiy nazorat ostida ekanligini ko’rdik. Ayniqsa shifokorlar o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashayotgani bizni quvontirdi. Sog’ayayotgan bemorlar bilan ham suhbat olib bordik. Ular ko’rsatilayotgan xizmatlardan mamnun ekanini, shifoxonadagi barcha sharoitlar mavjud ekanini tasdiqlashdi. Shunday jonkuyar shikokorlarga va na’munali shifoxonalarga ijodiy jamoamiz nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Shaxboz Shaymardonov muxbir

Leave a comment