«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Uch kishining ustiga mashina haydab, o‘limiga sabab bo‘lgan kishiga hukm o‘qildi

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA TOSHLOQ TUMAN SUDIDA 3 NAFAR SHAXSNI O‘LDIRISHDA VA IKKI NAFAR SHAXSNI O‘LDIRISHGA SUIQASD QILISHDA AYBLANGAN A.Z.GA OID JINOYAT ISHI YAKUNLANDI. 

Ayblovga ko‘ra, sudlanuvchi o‘tgan yili 7-noyabrda «Matiz» rusumli avtomashinasida Quva tumani «Ittifoq» mahalla fuqarolar yig‘inida besh nafar shaxsni qasddan o‘ldirish maqsadida ularning ustiga avtomashinani haydab borib, 3 kishining vafot etishiga va 2 nafarining turli darajadagi tan jarohatlari olishiga sababchi bo‘lgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, A.Z. Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismining «a», 97-moddasi 2-qismining «a» bandi va 109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga JK 59-moddasining 3-qismiga asosan o‘tash uchun uzil-kesil 19 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchiga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashina jinoyat quroli deb e’tirof etilib, davlat foydasiga musodara qilinishi belgilandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment