«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Chilonzorda shaxsiy ma’lumotlarini internetda tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayollar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G.YU. va N.I. ismli ayollar oldindan til biriktirib, fuqaro SH.ni shaxsiy video va fotosuratlarini internet tarmoqlarida tarqatish orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 8 000 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan G.YU. va N.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Leave a comment