«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kecha yurtimizda 395 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi

2021 yil 11 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95467 (+395) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:

3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

8 nafari Andijon viloyatida,

3 nafari Buxoro viloyatida,

3 nafari Jizzax viloyatida,

2 nafari Qashqadaryo viloyatida,

2 nafari Navoiy viloyatida,

8 nafari Namangan viloyatida,

72 nafari Samarqand viloyatida,

4 nafari Sirdaryo viloyatida,

6 nafari Surxondaryo viloyatida,

3 nafari Farg‘ona viloyatida,

5 nafari Xorazm viloyatida,

60 nafari Toshkent viloyatida,

216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,

Buxoro viloyatida 7 nafar,

Namangan viloyatida 6 nafar,

Samarqand viloyatida 78 nafar,

Sirdaryo viloyatida 13 nafar,

Farg‘ona viloyatida 5 nafar,

Xorazm viloyatida 4 nafar,

Toshkent viloyatida 48 nafar,

Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90976 (+312) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 666 nafarni tashkil qildi.

 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3825 nafar bemor davolanmoqda.

Manba: o’za.uz

Leave a comment