«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari 2 ming dollar pora bilan ushlandi

Jizzah shahar hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, u aslida, Jizzax moliyaviy tizimining shaffofligi va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘la turib, tadbirkorga shahardagi ijtimoiy soha ob’yektlarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tender savdolarini olib berrish evaziga undan 2 ming AQSh dollari talab qilgan.

Hokim o‘rinbosari joriy yilning 6 may kuni kechki soat 20:00 larda Jizzax shahri “Jizzaxlik” mahallasi hududida 2 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni o‘zi boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomobil yukxonasiga tashlab qo‘ygan holda olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov 2018 yilda lavozimga tayinlangach, uyushgan jinoiy guruh tuzib, qariyb 20 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgandi.

Manba: sof.uz

Leave a comment