«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kibrayda «Damas» hamda «Vaz-2106» avtomobillari to‘qnashdi

Joriy yilning 10-may kuni soat 08:00larda Toshkent viloyati, Qibray tumani, «Tuzel» QFY hududida, haydovchi, 1992-yil to‘g‘ilgan I.T. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli transport vositasi hamda 1974-yil to‘g‘ilgan haydovchi R.X. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada «VAZ-2106» haydovchisi I.T. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: xabar.uz

Leave a comment