«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qarshi tumani 22-maktab: «Bizda ta’limga bo’lgan e’tibor o’zgacha…»

 Davlatimizda ta’lim va tarbiyaga bo’lgan e’tibor, kun sayin ravnaq topib bormoqda. Bu borada amaliyotga joriy qilinayotgan qaror va farmoyishlar hamda ularning ijrosini taminlash bu yo’sindagi ishlarni ayni isboti.

Fahriddin Safarov boshchiligidagi Qarshi tumani XTBga qarashli 22 — sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi haqida qisqacha so’z yuritsak.

700 nafardan ziyod o’quvchilarga ta’lim berib kelayotgan 70 nafar fidoyi ustozlar maskani bo’lgan ushu maktab yutuqlari bir qator.

Ta’lim va tarbiya o’chog’i maktab.
Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bogʻcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Chunki maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir.

Tasviriy san’at ustozi Gulnoza Qodirova tomonidan tasviriy san’at to’garagi tashkil etilgan bo’lib 20 nafardan ziyot o’quvchilarning darsdan keyingi asosiy mashg’ulotlaridan biridir.

Maktabda musiqa va san’atga ham alohida e’tibor mavjud. Bu borada musiqa fani o’qituvchisi Mashxura Zohidovaning faoliyatini ham keltirib o’tmasak bo’lmas. Musiqaga oshno bo’lgan o’quvchilarga, ushbu sohani sir asrorlarini o’rgatayotganligi ham taqsimga sazovordir.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta‘lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma‘naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Qarshi tumani XTB ga qarashli 22 — umumiy o’rta ta’lim maktabi hayotiga oid foto lavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Comments are closed.