«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Obod va ko’rkam Turon mahallasi

Shaxrisabz shahridagi o’z o’rniga ega bo’lgan mahallalardan biri, “Turon” mahallasida 641 ta xonadon, aholi esa  3710 nafarni tashkil qiladi, bu maskanni shaharning farovon va obod mahallalaridan biri desak bo’ladi, mahallada tadbirkorlik va hunarmadchilik rivojlangan, har soxada yangiliklar o’zgarishlar olib borilmoqda. Bulardan biri Farg’ona ko’chasida yashovchi Kamolova Sitora Jo’ra qizi, yakka tadbirkorlikni yo’lga qo’yib 2 nafar  yoshlarni ish bilan taminladi, yosh tadbirkorning rejalari ulkan, pishiriq sexini kengaytirib yana ishsiz aholini ish bilan band qilmoqchi.

Mahallada qurilish ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ham olib borilmoqda jumladan, 2 km loy ko’chalarga shag’al yotqizildi, Najim Nugayev ko’chasida bolalar maydonchasi qurilganidan barcha bolajonlar bu ishlardan mamnun.

jajji farzandlarilar uchun, Do’stlik Mahallasida 33-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, ishga tushirilish arafasida, bu yerda Turon mahalalasi fuqarolaridan 15 nafar xotin-qizlar ish bilan taminlanishi aytilmoqda.

Sermaxsul ishlar hamda fidokorona tashabbuslarni tashkillashtirayotgan mahalla fuqarolar yig’ini raisi Nimatova Maxsuda opaning mahallaga xizmatlari katta, har bir xonadon fuqarolari bilan doimiy aloqada, aholining dardu-tashvishlari va quvonchli  kunlarida yonida bo’ladilar, bu kabi ishlarda u kishiga yordamchilar bisyor, barcha mahalla fuqarolari yelkadosh. Biz esa bir olam  taassurotlar bilan ortga qaytdik.

Tahririyatimiz nomidan Maxsuda opaning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqqiyatlar tilaymiz.

Zulfizar Axmedova teleradio.uz muxbiri

Comments are closed.