«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Dehqonobod tumani Qo‘ng’irot Qorako’lchilik MCHJ haqida

Qorako’l qo’ylaridan olinadigan teri qadimdan juda qadrlangan. Qorako’l terisi ipaksimon,yaltiroq va jozibadorligi bilan,o’zining yarim doira qalamgul,qovurg’asimon, yassisimon gul tiplari bilan mashhur bo’lgan. Zero, qorako’l terisi farmatsevtika va pishloq sanoati uchun shirdon, yengil sanoat uchun jun va boshqa mahsulotlar berishi bilan ajralib turadi. Yurtimizda xozirda chorvaga qaratilayotgan e’tibor juda katta, bunga misol qilib Dehqonobod tumani Qo’ng’irot Qorako’lchilik Ma’suliyati cheklangan jamiyatda 19 yildan beri cho’ponchilik qilib kelayotgan Xonomov Botir aka ish faoliyatlari bilan tanishdik. Uning otarida 310 ta ona boshi qo’yi bo’lib xozirgi kunda qo’zilash davom etmoqda. Cho’ponning asosiy maqsadi ona qo’ylardan sog’lom qo’zi olib teri va jun yetkazib berish, qo’zilarni sog’lom voyaga yetishini ta’minlash. O’tgan yilgi daromad 100 boshga 84% o’stirishga topshirildi 20% Qorako’l teri uchun topshirilgan. Cho’ponlik faoliyatini olib borish jarayonida biz shuni bildikki, oilada mexribon ota g’amxo’r umr yo’ldosh sifatida Shoira Jo’rayevaga suyanchig’ shu o’rinda bir qiz va uch o’g’ilni oqilona elimizga xizmat qiladigan farzand qilib tarbiyalamoqda.

Comments are closed.