«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda havo yana keskin soviydi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada O‘zbekistonda kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘ladi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo bizning mamlakatimizga qaytadi.

Haftaning birinchi yarmida respublika hududlarida ob-havoni past bosim maydoni belgilaydi.

Bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat rsepublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Havo harorati ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori va 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

19-yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20-yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yomg‘irga aylanadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21-yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

19-21-yanvarda harorat o‘zining ko‘p yillik qiymatlaridan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi va kechalari 0-5 daraja iliqni, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqni tashkil etadi.

22-yanvarda ob-havo keskin o‘zgara boshlaydi, buning sababi sovuq antitsiklondir, u mamlakatimiz hududlariga qor va manfiy qiymatli haroratlarni olib keladi. Nam havo massalari Volga bo‘yi hududlaridan kirib keladi. Respublika bo‘yicha qor yog‘adi, faqat mamlakatimizning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.

23-yanvarda antitsiklon mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, lekin juda sovuq bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 6-8 darajaga past bo‘ladi.

Manba: xabar.uz

Comments are closed.