Hozirgi kunda ilm-fanga bo’lgan e’tibor ortdi. Ayniqsa, hayotimizda muhim o’rin tutadigan maktablar ijobiy tomonga o’zgarmoqda.
Ana shunday maktablardan biri Qarshi tumanidagi 10-maktabdir. Direktor Islom Tursunov boshchiligidagi 84 nafar o’qituvchi 866 nafar o’quvchiga ta’lim berib kelmoqda. Maktabni 2019- yil tugallagan 84 bitiruvchidan 25 nafari oliy o’quv yurtlari talabasi bo’ldi. Bu ko’rsatkich 20% natija bilan tumanda 10-o’rinda. Bundan tashqari maktab o’quvchilari fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichlarining faxrli o’rinlarini egallab kelmoqda.
Kelajakda ushbu dargoh o’quvchilari yurtimizga munosib farzand bo’lib yetishishiga tilakdoshmiz.
Elyor Haydarov
«Teleradio.uz» sayti muxbiri