«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Chempionlar maktabi

Ma’lumki hayotimizda maktabning o’rni beqiyos. Mustaqil hayotda o’z yo’limizni topishimizda maktabdek ulug’ dargohdan olgan bilimlarimiz asqotadi va ta’lim bergan ustozlarimizning o’gitlari doimo to’g’ri yo’l ko’rsatib turadi. Shuning uchun ham «binolarning eng ulug’i maktab, kasblarning eng yaxshisi o’qituvchilik»dir.
Ana shunday maktablardan biri Kasbi tumanidagi 60-umumiy o’rta ta’lim maktabidir.


Maktab direktori o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi Erkin Abduvohidov boshchiligidagi 37 nafar o’qituvchilar jamoasi o’quvchilarga ta’lim berib kelmoqda. Shuningdek, bu dargohda 430 ta o’quvchi ilm olib yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Jumladan, Diyorbek Bozorov qo’l jangi sport turi bo’yicha O’zbekiston Chempioni, Asilbek Bozorov, Jahongir Haqberdiyev, Komil Tolibjonov kulolchilik amaliy san’ati bo’yicha viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan.


Hozirgi kunda ushbu ilm dargohida o’quvchilar uchun keraklicha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda va bu sa’y-harakatlar o’z mevasini berishni boshlagan.

Elyor Haydarov
Teleradio.uz sayti muxbiri

Comments are closed.