«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Abxaziyada qolib ketgan 299 nafar O‘zbekiston fuqarolari charter reys bilan olib kelindi

Maxsus komissiya qarori bilan, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Transport vazirligining birgalikdagi faoliyati natijasida 2020 yilning 28 oktyabr kuni Abxaziyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan “Uzbekistan Airways” AJning charter reyslari bilan Vatanga qaytarildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq, 9 oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maxsus poyezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar hamyurtlarimizdan iborat birinchi guruh Vatanga qaytarilgan edi.

Ayni paytda O‘zbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida bo‘lib, Abxaziyadagi vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya Federatsiyasi hududi orqali Abxaziyada qolgan O‘zbekiston fuqarolarini yurtimizga olib kelishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Manba: sof.uz

Comments are closed.