«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Қонун барча учун баробар бўлиши керак — Саида Мирзиёева журналистнинг калтаклангани ҳақида

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Toshkent shahridagi veloyo‘lakchalar hamda aholining ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan ko‘zdan kechirdi.

Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh kun davomida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Mirobod hamda Sergeli tumanlari bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.

Veloyo‘lakchalar, sport maydonlari, sport maktablari, yangi barpo etilayotgan ko‘prik atrofi, tumanda bunyod etilayotgan yangi uylar atrofidagi hududlar shular jumlasidandir. Ishchi guruh vakillari mahalliy aholi hamda sayyohlarning veloyo‘lakchalardan foydalanish va xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishib chiqishdi.

Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, Shahrisabz ko‘chasidagi veloyo‘lakcha yaqin 10 kun ichida ekspluatatsiyaga topshiriladi. Ta’kidlash joizki, bu yo‘lakchalarda ko‘zi ojiz kishilar xavfsiz harakatlanishi uchun alohida joy ajratilgan.

“Bu yo‘llarni o‘zimiz shaxsan harakatlanib sinab ko‘rmasak, ommaviy sport hamda sog‘lom turmush tarzini  targ‘ib qilishga doir ishlar jadal ketmaydi”, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov poytaxtda veloyo‘lakchalarni bunyod etishga oid ishlar haqida so‘z yuritib, quyidagilarni ma’lum qildi: “Ahmad Donish ko‘chasi to‘liq tayyor bo‘ldi, umumiy maydoni 5 kilometrni tashkil etdi. Farg‘ona yo‘li ko‘chasida veloyo‘lakcha yaratilmoqda, har bitta tomonini 7 kilometrdan hisoblasak, umumiy maydoni -14 km. Bundan tashqari, anhor bo‘ylarida ham veloyo‘laklar barpo etilgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 10 km chiqadi. Xulosa qilib aytganda, bu yil 20 km maydon veloyo‘lakchaga aylantiriladi, keyingi yil esa kamida 25 km maydon veloyo‘lakchaga aylantirilishi belgilangan”.

Manba: darakchi.uz

Comments are closed.