«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bugundan 1-kurs talabalari uchun darslar boshlandi

Koronavirus pandemiyasi sabab joriy o’quv yili oliy ta’lim muassasalarida ham o’zgacha boshlanmoqda. Bugundan 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun tanishuv-tanishtiruv darslari o’tilishi boshlanadi. Bir hafta davom etadigan bu kabi darslar an’anaviy shaklda olib boriladi, desak ham bo’ladi.

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ham ayni darslar bugun, 12-oktabrdan boshlandi. Universitetda ayni jarayon uchun alohida tayyorgarlik ko’rildi.

Shu yilning 17-oktabrigacha davom etadigan o’qish, universitet tomonidan talabalarning OTMga kelib, yaqindan tanishishlari uchun har bitta yo’nalish bo’yicha ma’lum bir kun belgilangan.

Aynan tayyorlangan grafik asosida talabalar o’z yo’nalishlari bo’yicha ta’lim maskaniga kelib, universitet bilan yaqindan tanishadi. Bugun, 12-oktabrda “Bosma OAV” va “Sport jurnalistikasi” yo’nalishlari talabalari universitetga kelib, o’zi o’qiydigan OTM bilan tanishgan bo’lsa, 13 oktyabr – “Harbiy jurnalistika” va “Teleradiojurnalistika”, 14oktyabr – “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” va “Xalqaro jurnalistika”, 15 oktyabr – “Mediadizayn” va “Mediamarketing va reklama”, 16 oktyabr – “Internet jurnalistika” va “Siyosatshunoslik” yo’nalishlari talabalari uchun darslar bo’lib o’tadi.

Bu jarayondan sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladiganlar ham chetda qolmaydi. 17 oktyabr kuni “Bosma OAV”, “Teleradiojurnalistika” va “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” yo’nalishlariga qabul qilingan talabalar 2 para darsda qatnashadi. Birinchi parada talabalarga universitet haqida tayyorlangan prezintatsiya taqdim etiladi. Unda O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti – qachon tashkil etilgan, universitet tuzilmasi, xodimlari va universitet qadriyatlari haqida ma’lumot taqdim etiladi.

Tanishuv darslarida talabalarning universitetda o’qish qoidalari, guruh rahbarlari bilan yaqindan tanishtirish, onlayn-platforma, undan qay tarzda foydalanish haqida tushunchalar berish rejalashtirilgan.

Comments are closed.