«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Samarqandda buvisining 40 ming dollar puli va 10 ming dollarlik taqinchoqlari uchun bosqinchi yollagan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda buvisining 40 ming dollar puli va 10 ming dollarlik taqinchoqlari uchun bosqinchi yollagan ayol qo‘lga olindi — Daryo

Samarqand shahrida buvisi va tog‘asining uyidan 40 ming dollar puli va qiymati 10 ming dollar bo‘lgan taqinchoqlarni olib chiqish uchun odam yollagan 25 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 28-sentabr kuni Samarqand shahar “Sartepo” mahallasida yashovchi 25 yoshli B. ismli ayol buvisi bilan o‘zining oilasi o‘rtasida kelishmovchilik borligi sababli buvisi va tog‘asining uyida bo‘lgan 40 ming dollar va 6-7 turdagi taxminiy bahosi ming 10 dollarlik tilla taqinchoqlarni qo‘lga kiritish uchun odam yollagan. Ayol o‘zining tanishi A.ga buvisining uyiga bosqinchilik uyushtirishni buyurtma qilib, agarda pul va qimmatbaho boyliklarni olib chiqsa, ishni tugatganidan so‘ng unga jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullardan 10 ming dollar berishni va’da qilgan.

Ayol yollanma bosqinchiga uyning ichki tuzilishini chizib berib, o‘zi bilan birga buvisining manziliga olib borgan va uzoqdan uyning kirish darvozasini ko‘rsatgan. Shu tariqa, ayol kelgusida sodir etilishi kerak bo‘lgan o‘ta og‘ir turdagi jinoiy rejani tuzgan.

Holat to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumotga asosan, 2020-yil 3-oktabr kuni DXX viloyat boshqarmasi va Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, B. yollanma bosqinchi bilan takroriy uchrashgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bosqinchilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz

Comments are closed.