«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Real”ning 2019/20-yilgi mavsumda qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Madridning “Real” klubi 2019/20-yilgi mavsumni foyda bilan yakunladi.

Foto: Getty Images

Marca nashrining xabar qilishicha, madridliklar klubi mavsumni 320 ming yevro foyda bilan yopgan. Bu miqdor katta klub uchun juda past ko‘rsatkich hisoblanadi va uning asosiy sababi koronavirus pandemiyasi bo‘ldi.

2019/20-yilgi mavsumda “Real”ning budjeti 650 million yevroni tashkil qildi. Bu kutilgan daromaddan 170 millionga kam degani.

Eslatib o‘tamiz, klub yozgi transfer mavsumida xaridlarga qo‘l urmadi, shuningdek, futbol va basketbol jamoasida maoshlar 10 foizga qisqartirilgandi.

2019/20-yilgi mavsumda “Real” La Ligada “Barselona”ni ortda qoldirib chempionga aylandi. Chempionlar Ligasida jamoa 1/8 finalda “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Manba:Daryo.uz

Comments are closed.