«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Gruziyada mamlakat hududiga kirish tartib-qoidalari o‘zgardi

Gruziya hukumati mamlakatga keluvchilarni karantinga olish muddatini 12 kundan 8 kungacha qisqartirdi, shuningdek, ular 15-sentabrdan boshlab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bor yoki yo‘qligini aniqlash maqasdida topshirilgan va 72 soat davomida amal qiluvchi PZR-test natijasi haqida ma’lumotnoma taqdim etishlari lozim. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariya maxsus brifingda ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Sputnik

Mazkur qaror koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida qabul qilingan. Gruziya to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklagan Germaniya, Fransiya, Latviya, Litva va Estoniya davlatlarining fuqarolaridan tashqari mamlakatga xorijdan qaytgan shaxslarning hammasi majburiy tartibda karantinda bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Asosan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lganlar o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkaziladi. 15-sentabrdan boshlab yuqorida qayd etilgan Yevropa davlatlarining fuqarolari Gruziyaga kelgan vaqtida chegarada topshirilgan PZR-test haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim.

“Majburiy karantin muddati sakkiz kunni tashkil qiladi. Biz ushbu muddatni fuqarolar va mamlakatga kelgan mehmonlar uchun noqulayliklarni kamaytirish maqsadida qisqartiryapmiz. Karantinning to‘qqizinchi kunida fuqaro PZR-test topshiradi va natija manfiy chiqsa, u hududni tark etishi mumkin. O‘n ikkinchi karantin kuni yana bir marta test topshirish talab etiladi”, — degan gruziya bosh vaziri.

Shuningdek, hukumat rahbari koronavirus bilan kasallanishga aloqador holatlar ko‘paygani tufayli Ajariya sohillaridagi Qora dengiz kurort hududida Batumi va Kobuletidagi maktablar va universitetlarda o‘quv jarayoni 1-oktabrgacha boshlanmasligini bildirgan.

Manba:Daryo.uz

Comments are closed.