«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

EChL finalidan keyin Parijda to‘polon ko‘tarildi.148 kishi hibsga olingan
EChL finalidan keyin Parijda to‘polon ko‘tarildi.148 kishi hibsga olingan

23 avgust kuni kechqurun Parijda futbol ishqibozlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun kamida 148 kishi hibsga olingan.

Tartibsizliklar Lissabonda Chempionlar Ligasi finali tugaganidan keyin boshlandi, Fransiyaning PSJ jamoasi Germaniyaning Bavariya klubiga 0:1 hisobida yutqazdi.

«Bavariya» 6 karra Chempionlar Ligasining g‘olibiga aylandi (video)

Parij klubining muxlislari o‘yinni «Park de Prens» stadionida o‘rnatilgan ekranlarda tomosha qilishdi. Keyin ular olov yoqishni boshladi, yaqin atrofdagi do‘konlar va mashinalarni sindira boshladilar. Yovvoyi tartibsizliklar Yelisey saroyiga davom etdi. Politsiya muxlislarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.    

Manba: Sof.uz

Comments are closed.