«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Turkiya Qora dengizda 20 yilga yetadigan tabiiy gaz konini topdi

Turkiya Qora dengizda o‘z ichki ehtiyojlarini 20 yilgacha qoplashga yetadigan tabiiy gaz konini aniqladi. Bu haqda mahalliy OAVlarda xabar tarqatilgan.

Tabiiy gaz «Tuna 1» qudug‘ida aniqlangan bo‘lib, uning zaxirasi 26 trillion kub funt yoki 800 milliard kub metrni tashkil etishi taxmin qilinyapti, bu Turkiya ichki ehtiyojlarini 20 yilgacha qoplash uchun yetarli miqdor, deyiladi xabarda.

Turkiyaga qarashli «Fatih» burg‘ulash kemasi iyul oyi oxiridan beri «Tuna 1» razvedka zonasida ishlayotgan edi. Ushbu kon Qora dengizning Turkiya qirg‘oqlaridan taxminan 185 km. uzoqlikda joylashgan.

Manbalarga ko‘ra, gazni chiqarib olishni boshlash uchun yetti-o‘n yil va 2-3 mlrd. dollar ketadi.

Comments are closed.