«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Iqtisodchi fermer baliqchilikni kengaytirmoqda

Baliqchilik xo’jaligi yillar o’tgani sayin O’zbekiston iqtisodiyotining eng ahamiyatli tarmog’laridan biriga aylanib bormoqda. Mirishkor tumanida iqtisodiyot uchun foyda keltirishga tayyor, mana men borman, mana men yurtimni boy qilaman, deb yonib turuvchi yosh fermerlarning borligi ko’zimizni quvontiradi. 1990 — yilda tug’ilgan Shuhrat Jahongirov ham ana shunday yosh fermerlarimizdan biri. U 2019 — yil «Botirov Shuhratshox» fermer xo’jaligiga asos soldi. Bu xo’jalik baliqchilik hamda chorvachilik tarmoqlarini o’z ichida oladi. 1 gektar yer maydonida katta hovuz barpo etilgan bo’lib, hovuzga o’tgan yil hisobidan yigirma ming dona baliq tashlangan. Shuhrat akaning aytishlaricha, oktabr yoki noyabr oylariga kelib baliqlar savdo uchun tayyor holga kelar ekan. Har bir baliq, bir bir yarim kilogram atrofida bo’ladigan bu mazali baliqlardan kim ham ta’tib ko’rishni istamaydi, deysiz?!

Bu fermer xo’jaligining chorvachilik tarmog’i ham mavjudligini yuqorida takidlagan edik. Xalq banki ATB ning Mirishkor tuman filialidan 50 million so’m kredit olib, Ukraina davlatidan nasldor echkilarni olib keldi hamda chorvachilikda yangi tarmoqni boshlab berdi.

  • Bu nasldor echkilar, juni hamda boshqa ko’pgina xususiyatlari bilan o’zimizning mahalliy echkilardan ancha farq qiladi, deydi Shuhrat aka.
    Bundan tashqari fermer akamiz nasldor otlarning ham ishqibozi ekanlar.

Mutaxassisligi iqtisodchi bo’lgan Shuhrat aka 2016 yil oliy ta’lim muassassasini tugallaboq fermerlik faoliyatini boshlaganlar. Shu to’rt yillik qisqa davr ichida yuqori samaradorlikka ham erisha oldilar. Shuhrat aka yaqin kelajakda baliqchilik tarmog’ini kengaytirib, huddi shunday hovuzlardan yana ikkitasini barpo etishni maqsad qilganlar. Shuhrat aka Johongirovga kelgusi ishlarida faqat ulkan zafarlar tilaymiz.

Aziza Ravshanova

Comments are closed.