«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Muhammad Saloh APLda gol+pas tizimida 100 ochko ishladi. Undan tezroq bu ishni faqat bir futbolchi uddalay olgan

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer Ligasining 33-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda (2:0) golli uzatmani amalga oshirdi.

Ushbu uzatma Saloh uchun Premyer Ligada “gol+pass” tizimi bo‘yicha 100-ochko (73+27) bo‘ldi. Buning uchun unga 116 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Faqat bir futbolchi 100 ochko to‘plash uchun Salohdan kamroq o‘yin o‘tkazgan. “Blekbern” va “Nyukasl” klublari sobiq hujumchisi Alan Shirerga ushbu natijani qayd etishi uchun 100 ta o‘yin kerak bo‘lgan, xolos.

“Liverpul” Salohni 2017-yilda “Roma”dan sotib olgandi. Misrlik 28 yoshli futbolchi APLning 2019/20-yilgi mavsumida 29 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golga hammualliflik qild

Leave a comment